Alla Pugacheva Ukraina armiyasini moliyalashtiryaptimi?
Rus estradasi primadonnasi Rossiyadan ketgan san’atkorlarni qo‘llab-quvvatlayotgani aytilmoqda.

Rossiya xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi federal loyihasi rahbari Vitaliy Borodin Bosh prokuraturaga Alla Pugachevaning ustidan arz qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya estradasi primadonnasi Ukraina qurolli kuchlarini moliyalashtirmoqda.
Borodin o‘z murojaatida ayni paytda Isroilda yashayotgan Pugacheva Ukrainadagi maxsus harbiy operasiyani tanqid qilishda davom etayotgani va Rossiyadan ketgan san’atkorlarni qo‘llab-quvvatlayotganini ta’kidlagan.
Xuddiy shu ayblov Pugachevaning AQSHda yashayotgan qizi Kristina Orbakayte va nevarasi Nikita Presnyakovga ham qo‘yilmoqda.







