O'zbekiston

IT sohasidagi ayollar bu safar Jizzaxda to‘plandi

Manzil: Sambhram universiteti.

IT sohasidagi ayollar bu safar Jizzaxda to‘plandi

 

Jamiyatda xotin-qizlarimizning o‘rnini, bilimini oshirish, bandligini taʼminlash, dunyoqarashini kengaytirish, qiziqish va layoqatiga qarab yo‘nalish tanlashga ko‘maklashish hamda ularga motivatsiya berish maqsadida 8 aprel kuni Jizzax shahrida joylashgan Sambhram Universitetida “GAP” ayollar IT-klubi doirasida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Darakchi.uz” yozmoqda. 

 

Uchrashuvda 150 dan ortiq xotin-qizlar qatnashib, turli xil mavzularda debatlar, savol-javoblar, shuningdek, kichik ideaton musobaqalarida ishtirok etishdi. Ideaton g‘oliblariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova, “IT Park Uzbekistan”ning taʼlimni rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Maxliyo Muksinova, Bloger, jamoatchilik faoli Aqida Mohirova(Aqida Xanum), MagmaStore kompaniyasi direktori Malika Zuxritdinova va Sambhram Universiteti rahbariyat xodimlari ishtirok etdi. 

 

Spikerlar xotin-qizlar uchun IT sohasidagi berilayotgan imkoniyatlar, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini oshirish, ayollarning raqamli savodxonligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar mavzusida so‘z yuritishdi va ishtirokchilarning savollariga kerakli javoblar berishdi.

 

Maʼlumot o‘rnida hozirda Jizzax viloyatidagi IT markazda axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha 90 nafar xotin-qizlar IT sohasida o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirib kelishmoqda.

 

Shuningdek, GAP loyihasi doirasida nafaqat oflayn uchrashuvlar, balki, mentorlik dasturlari, vebinar, seminar, ideaton va boshqa tadbirlar ham o‘tkazilib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

IT sohasidagi ayollar bu safar Jizzaxda to‘plandi | Zamon.uz