Qo‘shnisining 1000 ta tovug‘ini qo‘rqitib o‘ldirgan shaxs qamoqqa olindi
Parrandalar o‘limiga daraxtlarni kesib tashlash sabab bo‘lgan.

Xitoyning Xunan provinsiyasida erkak g‘ayrioddiy qotillik uchun sudlandi.
Hammasi Gu familiyali odam qo‘shnisining hovlisidagi daraxtlarni kesib tashlaganidan boshlangan. Ammo parranda fermasi egasi qoidabuzarga daraxtlarni berishdan bosh tortgan. Shundan so‘ng qo‘shnisining xasisligidan jaxli chiqqan Gu uning tovuqlari orqali qasd olishga kirishgan.
Tunda jinoyatchi tovuq kataklariga kirib, ularga chiroq tutgan, kutilmagan o‘tkir yorug‘likdan shokka tushgan 460 ta parranda nobud bo‘lgan. Ammo Guning ko‘nqgli shu bilan joyiga tushmadi va u ikkinchi marta qasd olishga kirishdi. Bu safar xuddi shu yo‘l bilan 640 ta tovuq yo‘q qilingan.
Sud ko‘rilgan zararni pul ko‘rinishidagi kompensasiya bilan qoplash va yarim yil qamoq jazosi tayinladi.







