Tashvishli raqamlar: voyaga yetmaganlar va ayollarga jinsiy zo‘ravonlik holatlari ko‘paymoqda
Bu bo‘yicha maʼlumotlar ochiqlandi.

So‘nggi yillarda voyaga yetmaganlar hamda xotin-qizlarning jinsiy erkinligiga qarshi jinoyatlar soni ortib bormoqda.
Xususan, 16 yoshga to‘lmagan bola bilan jinsiy aloqa qilishda aybli deb topilganlar soni:
➖ 2019-yilda 99 nafar;
➖ 2020-yilda 153 nafar;
➖ 2021-yilda 216 nafar;
➖ 2022-yilda 238 nafarni tashkil etgan.
14 yoshga to‘lmagan bola bilan zo‘rlik ishlatib, jinsiy aloqaga kirishish jinoyatini sodir etganlar soni esa:
➖ 2019-yilda 52 nafar;
➖ 2020-yilda 35 nafar;
➖ 2021-yilda 57 nafar;
➖ 2022-yilda 73 nafarni tashkil etgan.
Internetda bolalar pornografiyasini targ‘ib qiluvchi saytlar 2013-yildan 2017-yilga qadar 7 baravar oshgan.
Bu kabi noxush holatlar takrorlanishini oldini olish maqsadida aholi orasida profilaktik ishlarni kuchaytirish, huquqbuzarlik sodir etganlarni esa qilmishiga yarasha jazolash maqsadida xotin-qizlar va bolalarning huquqlari kafolatlarini kuchaytiruvchi yangi qonun imzolandi.







