O'zbekiston

Endi Ipoteka krediti va subsidiya ajratishda kvartirani yoshlarning o‘zi tanlaydi

Yangilanayotgan Konstitutsiyamizning 47-moddasida “Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan taʼminlash tartibi qonunda belgilanadi”, degan yangi insonparvar norma mustahkamlanmoqda.

Endi Ipoteka krediti va subsidiya ajratishda kvartirani yoshlarning o‘zi tanlaydi

 

O‘zbekiston bugun o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar insonning shaʼni, qadr-qimmati, huquq va erkinliklari bundan buyon barcha sohalarda ustuvor ahamiyat kasb etishi, bir so‘z bilan aytganda, “Inson qadri uchun” g‘oyasi asosida Bosh qomusimizning yangi tahririda sifatli taʼlim va tibbiy xizmat, ijtimoiy ehtiyojmand qatlamni qo‘llab-quvvatlash, munosib mehnat sharoiti va adolatli ish haqi tizimini yaratish, ishsizlikdan himoyalanish, uy-joyga ega bo‘lishga qaratilgan yangi kafolatlar Yangi O‘zbekiston insonparvar siyosatining yorqin ifodasidir.

 

Maʼlumki, aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini qo‘llab quvvatlash, ularning hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘mak ko‘rsatish ijtimoiy davlatning muhim funksiyalaridan biridir. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2022 yil 20 iyundagi Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvda “Konstitutsiyamizda fuqarolarimizning uy-joyga bo‘lgan huquqlarini himoya qilish, muhtoj toifalarni uy-joy bilan taʼminlash bo‘yicha davlatning majburiyatlarini mustahkamlash zarur”, deb taʼkidlagan edi.

 

Shu bois, yangilanayotgan Konstitutsiyamizning 47-moddasida “Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan taʼminlash tartibi qonunda belgilanadi”, degan yangi insonparvar norma mustahkamlanmoqda. Bunday norma Shveysariya, Finlyandiya, Portugaliya, Polsha kabi davlatlarning ham konstitutsiyalariga kiritilgan.

 

Taʼkidlash joizki, aholini bozor tamoyillariga ipoteka krediti orqali uy-joy bilan taʼminlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi PF-5886-son Farmoniga asosan yangi tartib joriy etilgan.

 

Unga ko‘ra, fuqarolarning barcha qatlamlariga teng shartlar asosida birlamchi uy-joy bozorida qurib bitkazilgan ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralardan erkin tanlash huquqi bilan ipoteka krediti asosida sotib olishlari uchun sharoit yaratib berilgan.

 

Shunindek, daromadi yuqori bo‘lmagan fuqarolarni ipoteka kreditlari bo‘yicha davlat byudjetidan subsidiya (moliyaviy ko‘mak) ajratish tartibi joriy etildi.

 

Unga ko‘ra, yoshlar birlamchi uy-joy bozorida qurib bitkazilgan kvartiralarni ipoteka krediti asosida sotib olishlarida ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badal va foiz xarajatlarini bir qismini qoplash uchun davlat byudjetidan subsidiya to‘lab beriladi.

 

Ipoteka krediti va subsidiya ajratishda kvartira tanlash yoshlarning o‘zlarini xohishlariga ko‘ra amalga oshiriladi.

 

Shu bilan birga, “mehribonlik” uylarining bitiruvchilarini, nogironligi bo‘lgan shaxslarni, kam taʼminlangan oilalarni, ayniqsa alohida yordamga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlash, ularga subsidiyalar berish, uylarning dastlabki badallarini to‘lab berish, imtiyozli va uzoq muddatli ipoteka kreditlar berish kabi insonparvar siyosat amalga oshirilmoqda.

 

Xususan, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlarga ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga subsidiyalar to‘lanishi belgilandi. Yangi tartib doirasida  2020-2022 yillarda jami 27800 nafar fuqaroga 795,6 mlrd. so‘m va 38 811 nafar fuqaroga 429,4 mlrd. so‘m foiz to‘lovlari bir qismi  qoplash uchun subsidiya ajratilgan.

 

Oxirgi olti yilda mamlakatimiz bo‘yicha qariyb 300 mingta yoki avvalgi yillarga nisbatan 10 barobar ko‘p uy-joylar qurildi.

 

Yana bir misol, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan xotin-qizlar ijara huquqi asosida ijtimoiy uy-joylarga joylashtirilmoqda. Jumladan, uy-joy fondida ijara huquqi asosida istiqomat qilayotgan ehtiyojmand xotin-qizlarga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi “Ayollar daftari” jamg‘armasi hamda davlat mablag‘lari hisobidan qoplab berilmoqda.

 

Ushbu normaning belgilanishi har bir fuqaro, ayniqsa yosh oilalarning o‘z xonadoniga ega bo‘lishi uning mehnat samaradorligiga, o‘qish imkoniyatlariga, samarali dam olishiga ijobiy taʼsir ko‘rsatib, shaxsning ijtimoiy barqarorligi va hayotdan rozilik darajasini oshiradi.

 

Muhsinjon Xolmuxamedov,

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori o‘rinbosari, iqtisod fanlari nomzodi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Endi Ipoteka krediti va subsidiya ajratishda kvartirani yoshlarning o‘zi tanlaydi | Zamon.uz