Saudiyaga borishdan bosh tortgan besh yulduz
Ular Krishtianu Ronalduning ortidan borishmadi.

Krishtianu Ronaldu “Al-Nasr”ga o‘tganidan so‘ng saudiyaliklar yana bir nechta futbol yulduzlarini olishni istashdi. Ammo hozircha Yaqin Sharq mamlakati top-futbolchilar bilan shartnoma imzolashda qiynalmoqda. Ular yuqori shartnomalarga qaramay, Osiyoga borishni istashmayapti. Bugun Saudiya Arabistoni klublarining takliflarini rad etgan besh nafar futbolchi haqida maʼlumotlarni taqdim etamiz.
Lionel Messi, “PSJ” → “Al-Hilol”
Saudiya klubi “PSJ” hujumchisiga yiliga 400 million yevro maosh oladigan shartnoma taklif qilgan, biroq Messi rad javobini bergan. Jurnalist Herman Garsiya Grovaning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, argentinalik futbolchi keyingi mavsumda Saudiya Arabistoni chempionatida o‘ynamaydi. Lionel Yevropada qolishni kutmoqda: uning “Barselona”ga qaytishi yoki “PSJ” bilan yangi shartnomasi haqida xabarlar tarqalgan. “Diaro Sport” nashrining xabariga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” hujumchiga bir yillik shartnoma taklif qilgan. Afsonaviy futbolchining “Barselona”ga qaytishini bosh murabbiy Xavi qo‘llab-quvvatlamoqda.
Serxio Ramos, “PSJ” → “Al-Nasr” va “Al-Hilol”
Ispaniyalik futbolchi “PSJ” bilan shartnomasini uzaytirmoqchi. Bu haqda nashri xabar bergan. Ramosning bu qarori Saudiya Arabistonida emas, balki Yevropada faoliyatini davom ettirishni kutayotgani bilan bog‘liq. Himoyachiga “Al-Nasr” va “Al-Hilol” klublaridan qiziqishlar bor. Fransuz nashri maʼlumotlariga ko‘ra, Serxioga yiliga 50 million yevrogacha maosh bilan shartnoma taklif qilishgan. Himoyachi “PSJ”da soliqlardan tashqari yiliga 10 million yevro maosh oladi. Shu bilan birga, parijliklar yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralar chog‘ida maoshlarni kamaytirishga harakat qilishmoqchi.
Luka Modrich, “Real Madrid” → “Al Nasr”
Xorvatiyalik yarim himoyachi yanvar oyida “Al-Nasr”ning taklifini rad etgandi. Modrich, Xorvatiya matbuotiga ko‘ra, faoliyatini “Real”da yakunlamoqchi. Manbaga ko‘ra, Luka yiliga 40 million yevrodan ortiq maosh taklif qilinganiga qaramay, arab jamoasiga o‘tishdan bosh tortgan. Qayd etilishicha, yarim himoyachi “Real” bilan shartnomasini bir yilga uzaytirib, keyin faoliyatini yakunlamoqchi.
Serxio Buskets, “Barselona” → “Al-Nasr”
“Al-Nasr” Busketsni sptib olmoqchi edi, biroq futbolchi bunga rozi bo‘lmadi. “Daily Mail” xabariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchiga yiliga 20 million yevro maoshli shartnoma taklif qilingan. Shu bilan birga, Serxio hali “Barselona” bilan yangi shartnoma imzolagani yo‘q. Bu esa uning Saudiya Arabistoni chempionatiga o‘tish varianti hali ham mumkinligini anglatadi. “Mundo Deportivo” nashrining xabar berishicha, Buskets Yaqin Sharqdan yangi taklif olishni kutmoqda. Aftidan, ispaniyalik futbolchi yiliga 20 million yevrodan ko‘proq maosh olmoqchi.
Karim Benzema, “Real Madrid” → nomaʼlum klub
“Real Madrid” hujumchisi Saudiya Arabistoni taklifini jiddiy ko‘rib chiqdi, biroq ko‘p million dollarlik shartnoma Benzemani vasvasaga solmadi, endi u “Real Madrid”da yana kamida bir mavsum qolishga qaror qildi. “Marca” nashrining xabariga ko‘ra, madridliklar Saudiya Arabistoni bilan aloqalarini uzmagan fransuz futbolchisiga yangi shartnoma taklif qiladi. U yerda uning nomi bilan atalgan futbol akademiyasi ochiladi va “Real” hujumchisi bu loyihaga har tomonlama yordam beradi.








