Toshkent 2024-yilda MDH mamlakatlarining birinchi yoshlar poytaxti bo’ladi
MDH doirasida bunday maqom berilishi odatda alifbo ketma-ketligida amalga oshirilardi.

Mustaqil davlatlar hamdo’stligi doirasida bunday maqom berilishi odatda alifbo ketma-ketligida MDHga a’zo mamlakatlarga Ozarbayjondan boshlab (Азербайджан), oxirida O’zbekistonga beriladi.
Ammo mamlakatimizning yoshlar siyosati borasidagi katta samarali tajribasi va yutuqlari inobatga olinib, ushbu maqom birinchi bo’lib O’zbekistonga taqdim etilishi MDH a’zolari tomonidan bir ovozda ma’qullandi.
Qayd etilishicha, ushbu masala MDH davlat rahbarlari kengashi muhokamasiga kiritiladi.







