O'zbekiston

Toshkentda fizika olimpiadasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi

Unda respublikadan jami 255 nafar ishtirokchi qatnashgan.

Toshkentda fizika olimpiadasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi

 

Bugun, 15-apel kuni “Yangi O‘zbekiston” universitetida “Buyuk allomalar izidan” nomli fan olimpiadasi hamda Matematika xalqaro ilmiy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Sovrin jamg‘armasi 1 milliard so‘mlik “Buyuk allomalar izidan” nomli fizika fani olimpiadasining yakuniy final bosqichida barcha umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar hamda kasb-hunar texnikumlarining bitiruvchi sinf o‘quvchilaridan saralangan 255 nafari ishtirokchi qatnashgan 

 

Unda har bir ishtirokchiga 5 ta savoldan iborat bo‘lgan yozma ish taqdim etildi. Yozma ishlardan eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan 1 nafar talabgor mutlaq g‘olib hamda keyingi o‘rinlardagi eng yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan 10 nafar talabgor mutanosib ravishda sovrindorlar deb topildi.

 

Mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabgor 20 million so‘m pul mukofoti, “Yangi O‘zbekiston” universitetida tahsil olish uchun bir yillik 100 foizlik grant (38 million so‘m) hamda boshqa sertifikat va medallar bilan taqdirlandi. 10 nafar sovrindorlar esa 2 milliondan pul mukofoti, “Yangi O‘zbekiston” universitetida tahsil olish uchun bir yillik 100 foizlik grant (38 million so‘m) hamda boshqa sertifikat va medallar bilan taqdirlandi.

 

Shuningdek, matematika sohasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish hamda bu sohadagi olimlar fikr almashishi uchun maxsus maydoncha yaratish maqsadida “International Сonferenсe on Operator Algebras, Variyeties of Algebras and Related Topiсs” xalqaro ilmiy matematika konferensiyasi o‘tkazildi.

 

Konferensiyaga O‘zbekistonning yorqin matematik olimi, V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori Sh. Ayupov va dunyo miqyosidagi mashhur matematik olimlardan biri Fransiyaning Strasburg universiteti Ilg‘or matematik tadqiqotlar instituti professori V. Dotsenko ishtirok etdi. Konferensiyaga xorijdan va respublika hududlaridan 50 ga yaqin professor-o‘qituvchi va tadqiqotchilar tashrif buyurdi. Tadbir ertaga ham davom etadi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda fizika olimpiadasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi | Zamon.uz