O'zbekiston

Toshkentda giyohvand modda tarqatuvchilar ushlandi

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.

Toshkentda giyohvand modda tarqatuvchilar ushlandi

 

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida narkotik moddalarni yashirish («zakladka») bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.

 

Chilonzor-13 mavzesida 33 yoshli T.A. to‘xtatilib, xolislar ishtirokida o‘zi va unga tegishli Cobalt ko‘zdan kechirilganda, fuqaroning yonidan hamda avtomashinadan jami 5 dona o‘ramga qadoqlangan 5 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasi topilgan.

 

Tekshiruv davomida ushbu giyohvandlik vositalari 23 yoshli Sh.U. tomonidan keyinchalik sotish uchun T.A.ga berilgani maʼlum bo‘lgan. Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida Sh.U. ham huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olingan. Ushbu fuqaro xolislar ishtirokida tekshirilganda, unda 29 dona o‘ramlarga qadoqlangan 35 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.

 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumondorlarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda tergov davom etmoqda.

 

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda giyohvand modda tarqatuvchilar ushlandi | Zamon.uz