Tramp o‘qituvchilarini qurollantirishni taklif qildi
“O'qituvchilar qurol ishlatishni o‘rgansa, muammo hal”, deydi u.

Donald Tramp bolalarni jinoyatchilardan himoya qilish uchun maktab o‘qituvchilarini qurollantirishni taklif qildi. Bu haqda “MIR 24” xabar berdi.
“Agar o‘qituvchilarning kamida 5 foizi o‘z ixtiyori bilan qurollansa va jinoyatchilarga qarshi qurol ishlatishni o‘rgansa, biz muammoni hal qila olamiz. Yana maktabda otishma bo‘lmaydi”, dedi Tramp.
Eslatib o'tamiz, mart oyi oxirida transgender ayol Odri Xeyl Neshvill shahridagi maktabda otishma sodir etgandi. Tergov davomida ma'lum bo'lishicha, uning psixologik holatida kuchli buzilish bo'lgan.








