Yaponiya bosh vaziriga suiqasd uyushtirildi
Noma'lum shaxs siyosatchi tomon petardaga o'xshash narsani uloqtirgan.

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisidaning Vakayama shahrida ommaviy nutqi chog‘ida kuchli portlash ovozi eshitildi. Hukumat rahbari voqea joyidan evakuatsiya qilingan.
Kisidaning o‘zi jabrlanmagan, u xavfsiz. Qolganlardan ham hech kim jabr ko'rmagan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Kisida nutqi vaqtida tutunli bombaga o‘xshagan obyekt portlagan.
Guvohlarning aytishicha, noma’lum shaxs guruch maydoniga portlovchi ballon tashlagan. Ayni vaqtda gumondor qo'lga olingan. U Xyogo prefekturasining Kavanishi shahrida yashovchi 24 yoshli fuqaro ekani aniqlandi.
Yigitning ismi hozircha oshkor etilmagan. Hodisa sabablari ham noma'lum ekani aytilmoqda.







