Toshkent metrosining 7-bekati bir kunga yopiladi
Yo‘lovchilarga qo‘shimcha avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi.

19-aprel kuni Toshkent metrosining bitta bekatida poyezdlar harakati to‘xtatiladi.
Maʼlum qilinishicha, Toshkent metropoliteni yerusti halqa yo‘lining II bosqichidagi Qo‘yliqdan Quruvchilar dahasigacha bo‘lgan 5 ta metro bekatida poyezdlarning sinov tariqasidagi harakati o‘z yakuniga yetkazilmoqda.
Shu munosabat bilan ushbu yangi bekatlarni I bosqichda barpo etilgan bekatlar bilan texnik jihatdan o‘zaro bog‘lash maqsadida joriy yilning 19 aprel sanasida yerusti halqa yo‘lining 7-bekatida (Qo‘yliq) poyezdlar harakati to‘xtatiladi.
Shu kunda poyezdlar harakati “Do‘stlik-2”—“6-bekat” oralig‘ida tashkil etiladi. Shuningdek, yo‘lovchilar uchun 6-bekatdan 7-bekatga qadar qo‘shimcha avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi.
“Keltirilgan noqulaylik yuzasidan barcha yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz”, — deyiladi Toshkent metropoliteni rasmiy xabarida.








