Jahon

Myanma hukumati 3 ming 113 nafar mahbusni afv etdi

Afv etilganlarning 98 nafari xorij fuqarolaridir.

Myanma hukumati 3 ming 113 nafar mahbusni afv etdi

 

Reyter agentligining Telegram kanalida maʼlum qilinishicha, “Myanma xuntasi dushanba kuni mamlakatda Yangi yilni nishonlash uchun 3 ming 113 mahbusni, jumladan, 98 nafar xorijlikni afv etdi”.

 

Xabarda keltirilishicha, Myanma harbiy hukumati aynan qaysi mahbuslar amnistiyaga tushgani haqida aniqlik kiritmagan.

 

2022 yil noyabrda Myanma hukumati mamlakatda Milliy kuni bayrami sharafiga 300 dan ziyod mahbusni qamoqxonadan ozod qilgan edi. Ozod etilganlar orasida Myanma hukumatining sobiq maslahatchisi, avstraliyalik iqtisodchi olim doktor Shon Ternell hamda Buyuk Britaniyaning sobiq elchisi Viki Boumen va uning turmush o‘rtog‘i, Myanma fuqarosi Txeyn Lin ham bor edi.

 

Myanma qurolli kuchlari 2021 yil 1 fevralda fuqarolik hukumatini ag‘darib hokimiyatni o‘z qo‘liga olgan edi. Harbiylar o‘shanda hukumatni 2020 yilda bo‘lib o‘tgan umumiy saylov natijalarni o‘zlarining foydasiga o‘zgartirganlikda ayblagandi.

 

Konstitutsiya mexanizmi yordamida mamlakatda favqulodda holat eʼlon qilib hukumat tepasiga kelgan harbiylar bir yildan keyin saylov o‘tkazilishi va unda g‘olib bo‘lgan partiyaga hokimiyat topshirilishiga vaʼda bergan edi. Bahorda bo‘lib o‘tgan brifingda esa harbiy hukumatning rasmiy vakili general Zo Min Tun saylov kuni kelgusi ikki yil davomida maʼlum qilinishini aytgandi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Myanma hukumati 3 ming 113 nafar mahbusni afv etdi | Zamon.uz