Tadqiqot: Nefrotik sindromdan ishonchli himoyalanish yo‘li topildi
Buyuk britaniyalik olimlar buyrak yetishmovchiligi profilaktikasiga doir yangi usulni kashf qildi.

Buyuk Britaniyaning Bristol universiteti olimlari buyrak yetishmovchiligi profilaktikasiga doir yangi usulni kashf qildi.
Tadqiqotchilar xulosasiga ko‘ra, ushbu metodika peshobda oqsil miqdori ko‘payishi va albumin darajasi pasayishi bilan namoyon bo‘ladigan nefrotik sindrom rivojlanish xavfini kamaytiradi.
Chunki ushbu alomatlar buyraklar faoliyatini izdan chiqarishi bilan maʼlum.
Olimlar fikricha, PAR-1 retseptorlari blokatorlari orqali mazkur kasallik rivojlanishining oldini olish mumkin.
Bristol universiteti xodimlari bunday blokatorlardan foydalanish steroidlarga bo‘lgan ehtiyojni bartaraf etadi, degan qatʼiy xulosada.
Qolaversa, ushbu yangilik buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyotini yana-da samarali davolash usuliga aylantiradi. Chunki transplantatsiya qilingan organ endi u qadar zaif bo‘lmaydi.







