O'zbekiston

Toshkentda ayol kishi nomidan akkaunt ochib, boshqalarni aldab yurgan erkak qo‘lga tushdi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Toshkentda ayol kishi nomidan akkaunt ochib, boshqalarni aldab yurgan erkak qo‘lga tushdi

 

Toshkent shahrida ayol kishi nomidan profil ochib, boshqalarni aldab yurgan erkak qo‘lga tushdi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.

 

Olmazor tumanida yashovchi 33 yoshli erkak P.O. Telegram messenjeri orqali nomaʼlum akkaunt egasi uning pullarini talon-toroj qilganini maʼlum qilib, ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

 

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlarida ushbu jinoyatni Uchtepa tumanida yashovchi, o‘zini sohibjamol ayol sifatida tanishtirgan shaxs — 29 yoshli erkak A.J. sodir etgani maʼlum bo‘lgan.

 

A.J. Telegram messenjerida P.O. bilan ayol sifatida tanishib, unga pul evaziga intim xizmat taklif qilgan va oldindan uning 500.000 so‘m pulini o‘zining bank kartasiga o‘tkazib olgan. Shundan so‘ng uning qo‘ng‘iroqlariga javob bermasdan, P.O.ning telefon raqamini “qora ro‘yxat”ga kiritib qo‘ygan.

 

Jinoyat sodir etgan A.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qism «G» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Qonunga muvofiq, u sodir etgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda ayol kishi nomidan akkaunt ochib, boshqalarni aldab yurgan erkak qo‘lga tushdi | Zamon.uz