Aqli raso odam AQSH prezidenti bo‘lishi kerak—Ilon Mask
Tesla rahbari 2020 yili Trampga ovoz bermay to‘g‘ri qilganini aytdi.

Amerikalik tadbirkor Ilon Maskning fikricha, aqli raso odam AQSH prezidenti bo‘lishi kerak. Shuningdek, u 2020 yilgi saylovlarda Donald Trampga ovoz bermaganini tan oldi.
“Men Baydenga ovoz berdim, lekin men uning muxlisiman deb aytolmayman. Saylovlarda qiyin qarorlar qabul qilinadi. Men oddiy aqli raso odamni prezident qilishimizni istardim”, — dedi milliarder.
Jo Baydenning Qo‘shma Shtatlar prezidenti sifatidagi faoliyatini maʼqullash reytingi taxminan 40 foiz darajasida. Bu uning 2024 yilning noyabrida bo‘lib o‘tadigan saylovlarda g‘alaba qozonish imkoniyati pastligidan dalolat berishi mumkin.
Oq uyning amaldagi rahbari hozircha bo‘lajak prezidentlik saylovlarida yana ishtirok etish niyati haqida rasman maʼlum qilgani yo‘q.








