Nyu-Yorkda ikki xitoylik josuslik qilganlikda gumonlanib hibsga olindi
Ularga jiddiy ayblov qo‘yilmoqda.

AQSH Federal qidiruv byurosi josuslik qilganlikda gumonlanib, ikki xitoylikni hibsga oldi. Mamlakat federal prokuraturasi esa Amerikada dissidentlarni kuzatish, ularni gapirmaslikka majburlash va Nyu-Yorkda maxfiy politsiya bo‘limini boshqarish gumonida o‘nlab odamlarni ayblamoqda, deya xabar berdi CNN.
AQSH prokurorining Nyu-Yorkning Sharqiy okrugi bo‘yicha vakili Jon Marzullining so‘zlariga ko‘ra, dushanba kuni Chaynataunda politsiya operatsiyasida noqonuniy ishtirok etgani uchun ikki kishi hibsga olingan. Ular Nyu-York sudi oldida javob berishi kutilmoqda.
«Ayblanuvchilar Manxettendagi «deklaratsiya qilinmagan politsiya bo‘limi»ni boshqargan», — dedi J.Marzulli.







