O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi bilan uchrashdi

Prezident Yevroittifoq institutlari bilan insoniy o‘lchov sohasida yaqindan hamkorlik qilish muhimligini qayd etdi.

Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi bilan uchrashdi

 

Bugun, 18-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi bilan uchrashdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Uchrashuvda inson huquqlari va manfaatlarini taʼminlash sohasida erishilgan yutuqlar hamda YEI institutlari bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha navbatdagi qadamlar ko‘rib chiqildi.

 

Yevropa tomonidan qabulda YEIning inson huquqlari bo‘yicha maxsus vakili Imon Gilmor va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Terxi Xakala ishtirok etdi.

 

O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi yuksak darajasi va natijadorligi katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Barcha darajalarda faol muloqotlar davom etmoqda. Keyingi yillarda Yevropa tomonidan taqdim etilgan “GSP+” sharoitlari tufayli o‘zaro savdo hajmi va muvaffaqiyatli investitsiya loyihalari soni jadal ortib bormoqda. Bundan tashqari, madaniy-gumanitar sohada muhim tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 

YEI vakillari Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ortga qaytmas islohotlar strategiyasini qatʼiy qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor taʼkidladi.

 

Inson huquqlarini taʼminlash, fuqarolik jamiyatini, gender tenglikni rivojlantirish, majburiy mehnatga barham berish va boshqa yo‘nalishlarda erishilgan muvaffaqiyatlar yuksak baholandi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha bo‘lajak referendumning ahamiyati qayd etildi.

 

Yevropa tomoni, xususan, inson huquq va manfaatlarining kafolatlarini yana-da kuchaytirishni, shu jumladan “Miranda qoidalari” va “Xabeas korpus” institutini joriy qilishni, ijtimoiy va ekologik huquqlar, yoshlar huquqlari, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishni, o‘lim jazosi bekor qilinganini mustahkamlab qo‘yishni va boshqa normalarni ko‘zda tutuvchi o‘zgartirishlarni olqishladi.

 

Mintaqaviy kun tartibining dolzarb jihatlari ham muhokama qilindi, bo‘lajak qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi bilan uchrashdi | Zamon.uz