Toshkentda Cobalt va Captiva YTHga uchrashi oqibatida yo‘lovchi vafot etdi
Haydovchilar tan jarohatlari bilan shifoxonaga yuborilgan.

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida ikkita avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar IIBB YHXB xabar berdi.
Bugun, 18-aprel kuni soat 16:40 larda Uchtepa tumanining KXAY ko‘chasida Cobalt hamda Captiva rusumli avtomashinalar o‘zaro to‘qnashgan.
YTH oqibatida haydovchilar tan jarohatlar bilan shifoxonaga olib ketilgan. Cobalt avtomashinasi yo‘lovchisi olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov davom etmoqda.
Javohirbek TURSUNOV








