O'zbekiston

Toshkentdagi kefelardan birida yong‘in chiqqani aytildi

Holat bo‘yicha shahar FVB maʼlumot berdi.

Toshkentdagi kefelardan birida yong‘in chiqqani aytildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi kafelardan birida yong‘in sodir bo‘layotgani aks etgan video tarqaldi. Holat bo‘yicha shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlumot berdi.

 

Bugun, 18 aprel kuni soat 13:42 da Yashnobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan «Tandoor» kafesida yong‘in bo‘layotganligi haqida tuman FVB dispetcherlik xizmatiga xabar tushgan.

 

Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 13:44 da yetib borgan. Maʼlum bo‘lishicha, chaqirilgan manzil oshxonasida qozondagi yog‘ nazoratsiz qoldirilgan. FVV yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan yong‘in sodir bo‘lishining oldi olingan. 

 

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Voqea joyiga tuman FVB rahbar xodimlari chiqqan.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Toshkentdagi kefelardan birida yong‘in chiqqani aytildi | Zamon.uz