Jahon

Xitoylik erkak lotereyada 365 kunlik pullik taʼtilni yutib oldi

U kompaniyada muhandis bo‘lib ishlaydi.

Xitoylik erkak lotereyada 365 kunlik pullik taʼtilni yutib oldi

 

Xitoyda kompaniya muhandisi tashkilot tomonidan uyushtirilgan lotereyada 365 kunlik haq to‘lanadigan taʼtilni yutib olganidan so‘ng butun mamlakatning hasadiga uchradi.

 

Taxminan bir haftadan beri Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida tarqalayotgan videoda yosh yigitning “365 kunlik haq to‘lanadigan taʼtil” deb yozilgan katta yozuvni ushlab o‘tirganini ko‘rish mumkin. Ko‘p o‘tmay bu kadrlar mamlakat axborot agentliklarining eʼtiborini tortdi va ular videoda ko‘rsatilgan joy va shu tariqa u yerda sodir bo‘lgan voqeani aniqlashga erishishdi. Maʼlum bo‘lishicha, bu voqea Shenjenda o‘tkazilgan yillik yig‘ilishda qayd etilgan bo‘lib, kompaniya rahbariyati xodimlarining zo‘riqishlarini quvnoq va jozibali lotereya sovrinlarini taklif qilish orqali yumshatishni xohlagan.

 

Nomi oshkor etilmagan kompaniyaning maʼmuriy xodimi Chen xonim jurnalistlarga uning ish beruvchisi COVId-19 pandemiyasi sababli uch yil davomida yillik yig‘ilishlar tashkil qilmaganini aytdi. Shuning uchun u xodimlarning yutuq yutishi mumkin bo‘lgan qiziqarli lotereya o‘tkazib, xodimlarning stressini yengillashtirishga qaror qildi. Masalan, tadbirda biror xodim “ hamkasblari uchun ofitsiant bo‘lib xizmat qilishi” yoki “maxsus uy ichimlik” ichishiga majburlash, shuningdek, qo‘shimcha dam olish yoki yana bir necha kunlik pullik taʼtilni o‘z ichiga olgan sovrinlar qo‘yish ko‘zda tutilgan.

 

G‘ayrioddiy mukofot ko‘plab xitoylik ishchilarni hayratda qoldirdi. Baʼzilar to‘liq yillik pullik taʼtilni yutib olishni faqat orzu qilishlari mumkinligi, boshqalari esa bu mukofot aslida yashirin tuzoq ekanini daʼvo qilishdi.

 

Tez fursatda Xitoy ijtimoiy tarmoqlarini portlatgan xabarga kuniga millionlab munosabatlar bildirilmoqda.

custom img

Migrantlar uchun yangi talab: ishga joylashish haqida qachon xabar berish kerak?

Rossiyada patent asosida ishlayotgan migrantlar uchun xabarnoma berish tartibi yangilandi.

custom img

Har 10 qochqin boladan 4 nafari maktabga bormayapti — BMT

2025-yilda dunyo bo‘ylab maktab yoshidagi 13,1 mln qochqin bolaning 5,8 mln nafari ta’limdan chetda qolgan.

custom img

“Endi qoidalar yo‘q”: Zelenskiy Rossiya hujumlari kuchayishini aytdi

Ukraina prezidenti Rossiya harbiy qo‘mondonligiga hujumlar bo‘yicha avvalgi cheklovlarni bekor qilish topshirig‘i berilgani haqida bayonot berdi.

custom img

Ikki mahbus sabab mojaro: Janubiy Koreya Ukrainadan uzr talab qildi

Prezident Li Chje Myon Kiyev uzr so‘ramasa, qo‘shimcha choralar ko‘rilishini bildirdi.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

custom img

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"