O'zbekiston

Bu yilgi zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdorini bilasizmi?

Fidya miqdori fitr sadaqaning miqdori bilan bir xil bo‘ladi.

Bu yilgi zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdorini bilasizmi?

 

Musulmonlari idorasi 2023 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdorini eʼlon qilgandi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hayʼatining 2023 yilgi zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori bo‘yicha qarori qabul qilindi.

 

Zakotning tilladan nisobi 85 gramm bo‘lib, bugungi kunda 585 probali 1 gramm tilloning o‘rtacha narxi 420 000 (to‘rt yuz yigirma ming) so‘m ekani eʼtiboridan, bu yilgi zakot nisobi 35 700 000 (o‘ttiz besh million yetti yuz ming) so‘m etib belgilandi. Shu va bundan ortiq mablag‘ga ega kishi jami mablag‘ning qirqdan bir qismi (2,5%) ni ajratib, uni zakot niyatida kambag‘al va faqirlarga beradi.

 

Fitr sadaqasi quyidagi to‘rt narsaning qiymati barobarida chiqariladi.

 

2023 yil uchun fitr sadaqasining miqdori:

• 2 kilogramm bug‘doy 12 000 (o‘n ikki ming) so‘m;

• 4 kilogramm arpa 20 000 (yigirma ming) so‘m;

• 2 kilogramm mayiz 100 000 (yuz ming) so‘m;

• 4 kilogramm xurmo 180 000 (bir yuz sakson ming) so‘m deb belgilandi.

 

Fidya miqdori fitr sadaqaning miqdori bilan bir xil bo‘ladi.

 

Har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini bersa kifoya qiladi, deyiladi xabarda. Mazkur narxlar Toshkent shahridagi narxlarga asosan belgilangan, har bir viloyat o‘z bozorlaridagi narxga qarab fitr sadaqasini belgilaydi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bu yilgi zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdorini bilasizmi? | Zamon.uz