O'zbekiston

Qashqadaryo, Namangan va Sirdaryo viloyatlarida yopiq quvurli sug‘orish tizimi joriy etiladi

Suv xo‘jaligi va farmatsevtika sanoatidagi loyihalar ko‘rib chiqildi.

Qashqadaryo, Namangan va Sirdaryo viloyatlarida yopiq quvurli sug‘orish tizimi joriy etiladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18 aprel kuni suv xo‘jaligida va farmatsevtika sanoatida amalga oshirilayotgan loyihalar hamda kelgusi vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

 

Yig‘ilish avvalida suv xo‘jaligidagi 4 ta katta masala tahlil qilindi. Bular – suv yo‘qotilishi, nasos stansiyalarining energiya isteʼmoli ko‘pligi, suv zaxiralari kamligi hamda suv tejovchi texnologiyalar bilan bog‘liq.

 

Xususan, kanallarning foydali ish koeffitsiyenti pastligi va ichki tarmoqlarda suv ko‘p yo‘qotilishi oqibatida qishloq xo‘jaligida yiliga 4 milliard 800 million dollar kam daromad olinyapti.

 

Shu bois Jizzax viloyati Paxtakor tumanida, tajriba tariqasida, yopiq quvurli sug‘orish tizimini joriy qilish mo‘ljallanmoqda.

 

Davlatimiz rahbari ushbu loyiha tashabbuskorining takliflarini eshitib, uni qo‘llab-quvvatladi. Bunday ishlarni suv yetkazib berish xarajatlari eng yuqori bo‘lgan Qashqadaryo, Namangan va Sirdaryo viloyatlarida ham amalga oshirish zarurligini taʼkidladi.

 

Bunga ilm bilan yondashib, loyiha xarajatlarini qisqartirish, yopiq quvurli sug‘orish tizimini joriy qilish bo‘yicha ikki yillik dastur ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

 

Maʼlumki, uzoq dalalarga suv nasos stansiyalari yordamida yetkaziladi. Ularning aksariyati eskiligi tufayli elektr energiyasi isteʼmoli juda yuqori. Hali birorta ham yirik nasos stansiyasi muqobil energiya manbaiga o‘tkazilmagan. Shartlar aniq belgilanmagani sababli ko‘p tadbirkorlarning loyihalari to‘xtab turibdi, byudjetdan elektr uchun katta mablag‘lar sarflanyapti.

 

Shu bois nasos stansiyalarini xususiy sheriklikka berish, ularda muqobil energiya manbalarini joriy qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Bunga «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universiteti olimlari jalb qilinadi, samarali loyihalarga qulay shartlarda kreditlar beriladi.

 

Mintaqamizda suv tanqis bo‘lgan bir sharoitda, yurtimizda yiliga 1 milliard kub metr sel suvlari behuda oqib ketyapti.

 

Prezidentimiz sel suvlarini kichik manbalarda jamg‘arish mumkinligini, bu borada tashabbuskorlarni qo‘llab-quvvatlash zarurligini taʼkidladi.

 

Bunday loyihalar uchun 100 million dollar jalb qilinadigan bo‘ldi. Ularning hisobiga suv chiqqan maydonlar tadbirkorlarning o‘zlariga uzoq muddatga erkin foydalanish uchun beriladi.

 

Hozirgi kunda 450 ming gektar yoki sug‘oriladigan maydonlarning 15 foizi lazerli texnologiyada tekislangan. Agar bunday yerlar 2 baravar ko‘paytirilsa, yana 900 million kub metr suv tejaladi, qo‘shimcha 200 ming gektarda suv taʼminoti yaxshilanadi.

 

Shuning uchun joriy yilda mingta lazerli tekislagich olib kelinishi, klasterlar tomonidan fermerlarga lazerli tekislash xizmatlari yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

 

So‘nggi yillarda 400 ming gektarda tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalari joriy qilingan. Bu yil yana 80 ming gektar maydonda ishlar boshlangan.

 

Bunday texnologiyalarni yana-da rag‘batlantirish maqsadida, shu yil 1 aprelda imzolangan qarorga muvofiq, donli ekinlar va sabzavot yetishtirishda suv tejovchi tizim joriy qilingan har bir gektar uchun subsidiya miqdori hozirgi 1 million so‘mdan 8 million so‘mga oshirildi. Bank kredit stavkasi fermerlar uchun 17 foiz etib belgilandi.

 

Bu imkoniyatlarni mirishkorlarga yetkazib, moliyaviy rag‘batlantirish muhimligi qayd etildi. “Agrobank” huzurida suv tejamkorligi bo‘yicha yangi loyihalarni shakllantirish uchun alohida markaz tashkil qilib, xorijdan malakali mutaxassislarni jalb etish vazifasi qo‘yildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qashqadaryo, Namangan va Sirdaryo viloyatlarida yopiq quvurli sug‘orish tizimi joriy etiladi | Zamon.uz