Shimoliy Koreyada harbiy josuslik bo‘yicha sunʼiy yo‘ldosh yaratildi
U tez orada uchiriladi.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning maʼlum qilishicha, Pxenyan o‘zining birinchi harbiy josuslik sunʼiy yo‘ldoshini yaratgan va rejaga muvofiq uni uchirishga tayyorgarlikni yakunlashni buyurgan.
Qayd etilishicha, KXDR rahbari Kosmosni tadqiq qilish davlat boshqarmasiga tashrif buyurib, qator jangovar topshiriqlarni belgilagan.
Kim Chen Inning taʼkidlashicha, Qo‘shma Shtatlar va Janubiy Koreya o‘rtasida “kengaytirilgan qamal” va “ittifoqni mustahkamlash” bahonasida davom etayotgan harbiy mashg‘ulotlar tufayli xavfsizlik bilan bog‘liq xavotirli vaziyat KXDR uchun kuchayishi tabiiy.
Uning qo‘shimcha qilishicha, harbiy razvedka sunʼiy yo‘ldoshidan foydalanish o‘zini himoya qilish huquqi doirasida mamlakat uchun eng muhim ustuvor vazifadir.







