“Bu safargi hayitlikning eng kattasini Toshkent oldi”
Bugundan 400 ta avtobus va elektrobuslar poytaxt ko‘chalarida harakatni boshladi.

Shu kunlarda poytaxtga keltirilgan 400 ta avtobus va elektrobuslar Toshkent ko‘chalarida harakatni boshladi. Ular orasida 118 dona gormoshka-avtobuslar ham mavjud.
Faollar bu safargi hayitlikning eng kattasini Toshkent oldi, deb baholamoqda.
Avvalroq poytaxt jamoat transportini yaxshilash uchun yangi elektrobuslar keltirilgandi.







