O'zbekiston

Prezident YеXHT DIIHB missiyasi rahbarini qabul qildi

Uchrashuvda referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Prezident YеXHT DIIHB missiyasi rahbarini qabul qildi

 

Bugun, 20 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (YEXHT DIIHB) missiyasi rahbari Albert Yonsson bilan uchrashdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Davlat rahbari YEXHT bilan sermahsul aloqalar, ochiq va konstruktiv muloqot yo‘lga qo‘yilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

 

O‘tgan yilda O‘zbekistonga YEXHT raisi, Polsha tashqi ishlar vaziri Zbignev Rau, tashkilot bosh kotibi Xelga Shmid, Milliy ozchiliklar masalalari bo‘yicha Oliy komissar Qayrat Abdurahmonov tashrif buyurganini taʼkidlash joiz.

 

Byuro ekspertlari mamlakat milliy saylov tizimini modernizatsiya qilishda, shu jumladan Saylov kodeksini ishlab chiqishda ishtirok etgan.

 

DIIHBning 2016, 2019 va 2021 yillarda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan umumxalq saylovlaridagi keng ko‘lamli missiyalari yakunida berilgan tavsiyalar hisobga olingan va joriy qilingan.

 

Uchrashuv davomida referendumni yuksak xalqaro standartlarga muvofiq tashkil etishning turli jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

 

Missiya rahbari Albert Yonsson mamlakatning yangilangan Konstitutsiyasida o‘z aksini topgan Yangi O‘zbekistondagi demokratik yangilanishlarni yana-da chuqurlashtirish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident YеXHT DIIHB missiyasi rahbarini qabul qildi | Zamon.uz