Qozog‘istonda turar-joy binosiga o‘t ketdi: bir nafar hamyurtimiz jarohatlandi
Vatandoshimiz 1-darajali kuyish tashxisi bilan Qizilo‘rta shahar kasalxonasiga yetkazildi.

Qizilo‘rdada turar-joy binosida chiqqan yong‘in oqibatida O‘zbekiston fuqarosi kuyib qoldi.
19 aprel kuni soat 10:58 da Qizilo‘rda shahri, Yanshin ko‘chasidagi turar-joy yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 39 yoshli hamyurtimiz tanasida birinchi darajali kuyish kuzatildi.
«Uyning 182 kvadrat metr maydoni yonib, yong‘in 60 kvadrat metr bo‘lgan vaqtinchalik qurilish maydoniga o‘tgan. Voqea joyida 1984 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosining yuzi, qo‘llari va bo‘yni kuygan. U 1-darajali kuyish tashxisi bilan shahar kasalxonasiga yetkazildi», — deya maʼlum qildi Qizilo‘rda viloyati tez tibbiy yordam bo‘limi.
Yong‘in soat 12:09da to‘liq o‘chirilgan. Hozirda yong‘in sabablari aniqlanmoqda.
Voqea joyida Qizilo‘rda viloyati favqulodda vaziyatlar departamentining 25 nafar xodimi va 5 nafar texnik xodimi ishlagan.







