Toshkentda do‘kon va sartaroshxona yonib ketdi
Holat bo‘yicha FVB ma’lumot berdi.

Kecha, 20-aprel kuni Toshkent shahri Sergeli tumanida spirtli ichimliklar do‘koni va sartaroshxona binolarining ayvon qismida yong‘in sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan shahar FVB maʼlumot berdi.
Yong‘in haqida FVBning Tezkor boshqaruv markaziga soat 22:18 da qo‘ng‘iroq kelib tushgan. Shunga ko‘ra, soat 22:21 da 4 ta yong‘in-qutqaruv texnikalari zudlik bilan yetib borib, soat 22:36 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida jabrlangan yoki halok bo‘lgan fuqarolar yo‘q. Ayni vaqtda yong‘inning kelib chiqish sababi hamda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.








