Buxoroda maktab direktori pora bilan ushlandi
U ikki kishini ishga olish evaziga pul talab qilgan.

Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida maktab direktori pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum bo‘lishicha, Qorako‘l tumanidagi umumtaʼlim maktablaridan birining rahbari — 1965 yilda tug‘ilgan J.F. o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan. U fuqaro B.M. ismli erkakni maktab qoruvuli lavozimiga, N.S. ismli ayolni farrosh vazifasiga ishga qabul qilgani evaziga ushbu maktab xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudirasi X.G. orqali ularning bir oylik maoshlari miqdoriga teng 900.000 so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.








