O‘zbekistonga uzoq masofaga parvoz qiluvchi samolyot olib kelindi
U Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida “Airbus A330” havo kemasi tantanali tarzda kutib olindi. Bu haqda «O‘zA» axborot agentligi xabar berdi.
“Airbus A330” uzoq masofaga parvoz qiladigan samolyot bo‘lib, uning saloni 266 yo‘lovchiga mo‘ljallangan. O‘rindiqlarning 18 tasi biznes-klass, 248 tasi ekonom-klass o‘rindiqlari hisoblanadi.
Joriy yil oxirigacha to‘rtta yangi “Airbus A320neo” va 2029 yilga qadar o‘n ikkita samolyot sotib olish to‘g‘risida shartnoma imzolangan.
“Uzbekistan airways” AJning tashabbuskor rejalarini amalga oshirish uchun havo kemalari parkini kengaytirish va yo‘nalishlar tarmog‘ini ko‘paytirish bo‘yicha vazifalarni bajarish konsepsiyasi doirasida “Airbus A330” oilasiga mansub ikkita samolyotni ijaraga olishga qaror qilindi. “Uzbekistan airways” va “Heston Airlines” o‘rtasida tegishli kelishuvga erishildi.
Kompaniya havo kemalari barcha xavfsizlik talablariga javob beradi hamda o‘rta va uzoq masofalarga parvozlarni amalga oshiradi.








