O'zbekiston

Surxondaryoda suv taʼminoti xodimlariga oylik berilmayotgani aytildi

Maʼlum qilinishicha, viloyatda suvdan qarzdorlik 55 mlrdga yetgan.

Surxondaryoda suv taʼminoti xodimlariga oylik berilmayotgani aytildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda “Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJ Boysun tuman bo‘limi xodimlariga ish haqi berilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan «O‘zsuvtaʼminot» AJ rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, bugungi kunda viloyat bo‘yicha ichimlik va oqava suvdan debitor qarzdorlik 55 mlrd 047 ming so‘mni tashkil etmoqda. Shundan aholi qarzdorligi 52 mlrd 247 mln so‘mni, yuridik va byudjet tashkilotlar qarzdorligi 2  mlrd 800 mln so‘mni tashkil qiladi. Bu esa jamiyat ishchi xodimlarining 22 oylik oylik ish haqqi fondiga yoki 12 oylik suv isteʼmoliga teng.

 

Taʼkidlanishicha, isteʼmolchilar to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmagani bois tashkilot xodimlariga oylik maosh to‘lovlarida kechikish yuzaga kelmoqda. Hozirda ushbu to‘lovlarni amalga oshirish uchun kredit mablag‘lari jalb qilinmoqda.

 

“25 aprelga qadar tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlar maoshi 1 aprel holatiga to‘liq to‘lab berish choralari ko‘rilmoqda”, — deyiladi xabarda.

 

custom img

Turkiyada 10 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarosi shubhali pul o‘tkazmalari bo‘yicha tergov qilinmoqda

Ularning ayrimlari sud qaroriga asosan jazoni ijro etish muassasasida, ayrimlari esa deportatsiya markazida saqlanmoqda.

custom img

Prezident Xivadan Urganchga yangi avtomobil yo‘li orqali qaytdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi yakunlandi, davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

custom img

Mandat natijalari e’lon qilindi: 209 mingdan ortiq abituriyent talaba boʻldi

Bu yil oliy ta’limga qabulda davlat granti bo‘yicha o‘rtacha o‘tish bali 134,6 ball, kontrakt bo‘yicha 93,7 ballni tashkil etdi.

custom img

Toshkent issiqlik elektr stansiyasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Ishchi guruh Toshkent IESdagi filtrlash tizimlarini modernizatsiya qilish va atmosfera havosiga salbiy ta’sirni kamaytirish choralari yuzasidan tavsiyalar berdi.

custom img

“Odamlarimiz chetga chiqib ishlashiga zarurat qolmaydi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident iqtisodiyotni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgiladi.

custom img

Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi

Ariza belgilangan muddatda ko‘rib chiqilmasa, u tadbirkor foydasiga hal qilingan hisoblanadi.

custom img

Birinchi xato uchun tadbirkorga jarima emas, 10 kunlik muddat beriladi

Prezidentimiz jarima mablag‘ yig‘ish emas, tartib-intizom va profilaktikaga xizmat qilishi kerakligini ta’kidladi.

custom img

Tadbirkorlar uchun “kontr-kafolat” tizimi joriy etiladi

10 milliard so‘mgacha kreditda garovning 75 foizi davlat, Biznesni kafolatlash kompaniyasi va banklar tomonidan ta’minlanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"