Toshkentda 40 yoshli erkak 3-qavatdan sakradi
Shifokorlar uning hozirgi ahvoli haqida maʼlumot berdi.

Toshkent shahridagi qurilishda ishlovchi 40 yoshli erkak 3-qavatdan sakradi. Bu haqda “Milliy” telekanalining “Millar” informatsion dasturida xabar berildi.
Asli navoiylik erkak poytaxtdagi qurilish firmalaridan birida ishlab kelgan. Ish joyida hamkasblari bilan spirtli ichimlik isteʼmol qilib, uning taʼsirida 3-qavatdan pastga sakrab yuborgan.
Shundan so‘ng u do‘sti hamrohligida shifoxonaga olib kelingan. Bemor avvaliga shifokorlarga ko‘chada yiqilib tushganini aytgan. Tibbiy ko‘rik va uning natijasidan so‘ng esa u uchinchi qavatdan yiqilgani maʼlum bo‘lgan.
“Rentgen tekshiruvlaridan o‘tkizganimizda o‘ng son suyagi yuqori uchligidan yopiq maydalanib sinib, suyak bo‘laklari siljishi, chap tovon suyak yopiq sinib, qoniqarli turishi aniqlandi. Bemorning shishishlari qaytgach, operatsiya o‘tkazish rejalashtirildi. Hozirda uning havoli o‘rta og‘irlikda”, — deydi shifokor.








