Toshkentda o‘quvchi qiz samosud qilindi
Hozirda holat bo‘yicha tekshiruv boshlangan.

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahridagi 331-sonli maktab o‘quvchi-qizlari o‘rtasida janjal yuz bergani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Yangihayot tumanidagi 331-maktabda 12 aprel kuni darsdan keyin o‘quvchi-qizlar o‘rtasida janjal yuz bergan. Unda tumandagi 8-hududda qurilishi yakunlanmagan ob’yektdao‘ o‘quvchi-qizlar o‘zaro janjallashgan va uni tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatgan.
Ushbu holatdan maktab ma’muriyati 12 aprel kuni kechki vaqtda xabar topgan. Ertasi kuni maktab ma’muriyati janjal ishtirokchilarining ota-onalarini chaqirtirib, ular bilan tushuntirish ishlarini olib borgan. Voqea yuzasidan maktab ma’muriyati Yangihayot tumani IIO FMBga murojaat qilgan.
Mazkur holat bo‘yicha ayni paytda Yangihayot tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.








