Bayden o‘zini tanqidlardan sukut bilan himoya qiladi–OAV
AQSH yetakchisining salomatligi ko‘pchilikni tashvishga solmoqda.

AQSH prezidenti Jo Baydenga 2024 yilgi saylovlar oldidan sog‘lig‘i haqida o‘ylashi tavsiya qilindi. Ko‘pgina yosh demokratlar prezident 86 yoshda tugaydigan ikkinchi muddatida juda keksayib qolishidan qo‘rqishadi.
Agar u prezidentlik poygasida qatnashishga qaror qilsa, uning yoshi va jismoniy holati haqidagi savollar keskinlashib ketishi ehtimoli bor.
“The Nev York Times” gazetasining yozishicha, bunday gap-so‘zlarga Amerika yetakchisining o‘zidan oldingi zamondoshlariga qaraganda kamroq matbuot anjumanlarida qatnashishi va intervyu berishi sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, uning odamlar bilan muntazam muloqot qilishdan bosh tortishi uning yoshi va sog‘lig‘iga oid savollarni tug‘diradi.
“U o‘zining sukuti bilan tanqidlardan himoya qiladi", — deb yozadi gazeta.
Avvalroq OAV Jo Baydenning past reytingi uning bo‘lajak saylovlardagi mag‘lubiyatiga dalil bo‘lishi mumkinligini yozgandi. Hozir uning reytingi 40 foiz darajada. Oq uyning amaldagi rahbari hozircha bo‘lajak prezidentlik saylovlarida yana ishtirok etish niyati haqida rasman maʼlum qilgani yo‘q.








