Baydenning qaysarligi Amerikani “sindirishi” mumkin
AQSH davlat qarzi yana cho‘qqisiga yetdi

AQSH davlat qarzi yangi cho‘qqiga chiqdi. Agar siyosatchilar uning darajasini oshirish haqida kelisha olmasa, AQSH defolt xavfi qarshisida qoladi.
Bu esa byudjet majburiyatlari bajaralishi to‘xtatilishi, byudjetdan oylik oluvchilar, jumladan, harbiylar, davlat tashkilotlari xodimlari maoshsiz qolib ishga chiqmasligini bildiradi.
Kongressda Vakillar palatasining aksariyatini tashkil qiluvchi respublikachilar davlat qarzi 1,5 trillion dollargacha bo‘lishiga ruxsat beruvchi qonun qabul qilinishi tarafdori. Ammo prezident Jo Bayden Vakillar palatasi spikeri Kevin Makkarti bilan muzokara o‘tkazishdan bosh tortmoqda.








