O'zbekiston

Bolalarga bir yoshgacha choy berish mumkin emas

SSV bolalarni sog‘lom ovqatlantirish bo‘yicha tavsiyalarini eʼlon qildi.

Bolalarga bir yoshgacha choy berish mumkin emas

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi “Bolaning sog‘lom ovqatlanish haftaligi” doirasida bir yoshgacha bo‘lgan bolalarning qo‘shimcha ovqatlanishi bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqdi.

 

Undan ota-onalar uchun bir qator muhim va kerakli maslahatlar o‘rin olgan.

 

Xususan, chaqaloq olti oyga to‘lgach, shifokor tavsiyasi asosida unga ona sutidan tashqari bo‘tqa, sharbat va pyure ko‘rinishida qo‘shimcha ozuqalar berish mumkin. Sababi tez rivojlanayotgan murg‘ak organizmning ehtiyojlari ona suti bilan to‘la qoplanmaydi.

 

Go‘dakni qo‘shimcha taom bilan ona sutidan oldin oziqlantirish kerak. Bolaga bunday yegulik ikki hafta davomida berilgach, uchinchi haftadan bir martalik qo‘krak bilan ovqatlantirish o‘rniga almashtiriladi. Ular tarkibi sabzavot bo‘tqalaridan tashkil topgan bo‘lishi lozim.

 

Dastavval, bo‘tqa oz-ozdan (5-10 gramm) berib boriladi, keyinchalik kerakli miqdorga asta-sekin yetkaziladi. Shuni yodda tutish lozimki, bu yoshdagi go‘dakka bir paytning o‘zida ikkita qo‘shimcha taom berilmaydi. Bola birinchi qo‘shimcha ozuqaga ko‘nikkach, ikkinchisiga o‘tish mumkin.

 

Kichkintoy 7 oylik bo‘lgach, unga ikkinchi qo‘shimcha taom – bo‘tqalar (mannali, grechkali) berilib, 2 hafta ichida ikkinchi galdagi ona suti u bilan almashtiriladi. Ushbu davrda qaynatilgan tuxum sarig‘ining yarmini haftasiga ikki marta, keyin kunora berish mumkin.

 

Bola 8 oyga to‘lganda taomnomaga uchinchi qo‘shimcha yegulik sifatida qatiq va tvorog kiritiladi. Dastlab, qatiq oz-ozdan (5-10 gramm) berib boriladi, keyinchalik esa kerakli miqdorga asta-sekin yetkaziladi.

 

9-oydan boshlab non (pechenyelar), olmani bo‘lakcha shaklida berish mumkin. 10-oylikdan boshlab go‘sht qiymasi frikadelkalar, 12-oylikdan – bug‘da pishgan kotletlar beriladi.

 

Bolaga choy berish maqsadga muvofiq emas. Uning o‘rniga meva sharbati, qaynatilgan suv ichiriladi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.