Toshkentda 16 yoshli qiz o‘zini 3-qavatdan tashlagani bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot berildi
Aniqlanishicha, hodisaga qizlar o‘rtasidagi janjal sabab bo‘lmagan.

Bosh prokuratura Toshkentda 16 yoshli qiz binoning 3-qavatidan o‘zini tashlaganligi bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.
Qayd etilishicha, 5-aprel kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi 9-sinf o‘quvchisi X.M. yashab kelayotgan uyning 3-qavatida balkon oynasini artayotgan vaqtida ehtiyotsizligi oqibatida yiqilib tan jarohat olgan.
X.M.ga darhol tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga olib ketilgan. Hozirda voyaga yetmagan X.M.ning ahvoli yaxshi.
Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.







