O'zbekiston

Toshkentda yangi avtobuslarga haydovchilar pul evaziga biriktirilayotgani aytildi

Holat bo‘yicha rasmiylar munosabat bildirdi.

Toshkentda yangi avtobuslarga haydovchilar pul evaziga biriktirilayotgani aytildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahriga yangi olib kelingan avtobuslarga haydovchilarni biriktirish uchun 150-200 AQSH dollalari miqdorida pul talab qilinayotgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan «Toshshahartransxizmat» AJ munosabat bildirdi.

 

Maʼlum qilinishicha, yangi xarid qilingan YUTONG va KING LONG rusumli yo‘lovchi tashuvchi avtobuslarni haydovchilarga biriktirish bo‘yicha maxsus buyruq qabul qilingan. Unga ko‘ra, haydovchilarni ishga qabul qilish hamda ularni avtobus va elektrobuslarga biriktirish bo‘yicha nizom tasdiqlangan. Nizom asosida Avtobus saroyi filiallarining har birida Ichki ishlar xodimi, Harakat xavfsizligi boshqarmasi xodimi, bosh muhandis, taʼmirlash ustaxonasi boshlig‘i va tasarruf bo‘limi xodimlaridan tashkil topgan ishchi guruh aʼzolari tomonidan haydovchilarni yangi avtobus va elektrobuslarga biriktirishda ochiq suhbat o‘tkazilib, shaffoflik va halollik prinsiplariga tayangan holda suhbat jarayonlari onlayn video tasvirga oluvchi moslamada tasvirga olib borilmoqda.

 

Bunda haydovchilarni bir nechta ustuvor tamoyillar asosida avtobuslarga biriktirish belgilangan. Haydovchining so‘nggi uch yil mobaynida sodir etgan qoidabuzarliklari va yo‘l-transport hodisalari, muqaddam boshqargan transport vositalarining taʼmirlash ishlarida faolligi  hamda yo‘lovchilarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgan yoki yo‘qligi inobatga olingan holda eng yaxshi va yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan haydovchilar yangi xarid qilinayotgan avtobuslarga biriktirilmoqda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda yangi avtobuslarga haydovchilar pul evaziga biriktirilayotgani aytildi | Zamon.uz