O'zbekiston

“Bu safar biror qahramonda o‘ziga xoslikni ko‘rmadim”

“Osmondagi bolalar–3” kutilgandek bo‘lmadimi? Film haqida faollar fikr bildirishdi.

“Bu safar biror qahramonda o‘ziga xoslikni ko‘rmadim”

 

Shohrux Abdurasulov, canʼatshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD):

 

Kinorejissyor Zulfiqor Musoqovning “Osmondagi bolalar”i uchinchi qismi suratga olinayotganini eshitganimda, ko‘p qator yurakda allanechuk orziqish, shirin bir nostalgiya uyg‘ongan edi...

 

Taassufki, bunday bo‘lmadi... “Osmondagi bolalar 3” avvalgi ikki filmning soyasiga ham yaqin kelolmadi. Nihoyatda tarqoq kompozitsiya, sunʼiy o‘ylab topilgan, na satirik, na ekssentrik komediyaga mos keladigan yasama epizodlar, qurama syujet, maqsadsiz qahramonlar va eng achinarlisi, qolipga aylangan uslub... Ha afsuski, bir vaqtlar millionlarning qalbini zabt etgan, o‘zbek kinosida favqulodda voqea bo‘lgan Zulfiqor Musoqovning istehzo, piching va o‘zbekona samimiyat yo‘g‘rilgan betakror uslubi shtamp (!) ga aylanibdi. Masalan, avvalgi filmda deyarli o‘rni bo‘lmagan, Ro‘zvongulning “biologik otasi” (Bobur Yo‘ldoshev)ni bu galgi talqinda asosiy qahramonlardan biriga aylantirilganini ochig‘i tushunmadim. Xo‘sh, u nima berdi filmga? Shunchaki, kartina okean ortida ham tasvirga tushirilganini ko‘rsatish uchunmi?  Birinchi va ikkinchi faslda to‘rt yigitning feʼlu xarakteri ham turfa xil edi, bir-biriga mutlaqo o‘xshamasdi. Bu safar esa biror qahramonda o‘ziga xoslikni ko‘rmadim. Qani avvalgi samimiyat?  Pokiza qalblar?

 

To‘g‘ri, filmda oz-moz yurakka taskin beradigan yutuqlar ham bor. Garchi bu safar Lola ancha passiv qahramonga aylantirilgan bo‘lsa-da, aktrisa Kristina Toirovaning ijrosi maʼqul bo‘ldi. Kristina nigohlari ila so‘zlaydi,  his-kechinmalarini sukutlar orqali yetkazib beradi. Yosh aktrisa Mahliyo Asqaraliyeva ijrosidagi Ro‘zvongul ham eʼtiborga molik obrazlardan. Mahliyo qahramonining isteʼdodi va tarbiya qilgan otasi Baxtiyorga bo‘lgan farzandlik sadoqatini ishonarli talqin qilgan. Umri intihosiga yetayotgan ayolning o‘z jigargo‘shasini tirnoqqa zor o‘tayotgan Xurshid va uning ayoli (Dilnoza Kubayeva)ga qoldirib ketishi tomoshabinni mutaassir qiladigan, haroratli epizod. Va nazarimda, “Osmondagi bolalar 3” ni oldingi ikki film bilan bog‘lab turadigan yagona jihat – marhum kompozitor Anvar Ergashevning betakror musiqasi...

 

Zulfiqor Musoqovdan bir o‘tinchim bor: Zulfiqor aka, biz sizni hurmat qilamiz, yaxshi ko‘ramiz. Biz tengi avlod filmlaringizni ko‘rib ulg‘ayganmiz.  Iltimos, yaxshi kinoasarlaringizni go‘zal xotima bilan saqlab qoling!

 

Samandar Egamberdiyev, sanʼatshunos, munaqqid:

 

– Zulfiqor Musoqovning “Osmondagi bolalar-3” filmida rol ijro etgan o‘zbek aktyorlariga rahmim keldi. Rosti achindim. Sababi aktyorlarda na plastika, na ritm bor, ustiga-ustak tayinli dialog-monologlar ham yo‘q, ahmoqona qiliqlari esa odamning ko‘nglini ozdiradi.

 

Filmdagi operatorlik ishi esa nol, aktyorlarning notabiiy yuzidan boshqa kadr yo‘q. Menimcha, film operatori instagramdagi vaynerlarning “sanʼat asarlar”idan ilhomlangan ko‘rinadi.

 

Obrazlar(tabiiyki o‘zbeklar) shunchalik ahmoq va go‘l ko‘rinadiki, istalgan odam  ularni aldab ketishi mumkindek. O‘zbek xalqiga pafosli/poetik maneradan qarash eskirganini tan olishimiz kerak.

 

Shuningdek, filmda o‘zbek xalqi qanchalik sodda va go‘l qilib ko‘rsatilgan bo‘lsa, Amerika jamiyati/hayoti salbiy, axloqsiz va qora bo‘yoqlarda aks ettirilgan (Bunga filmda 3-4 ta keyslar bor).

 

Kinotanqidchi Samandar Egamberdiyev: “Xullas, bu film estet odamni “otravleniya” qiladi” degan bo‘lsa, sanʼatshunos jurnalist Iqbol Qo‘shshayeva esa munosabat bildirishni lozim topmadi.

 

Xurshid Abdurashid, Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti ilmiy xodimi:

 

– Film menga nomaʼlum hissiyotlar berdi. Bu hissiyotlarga nom qo‘yolmayman. Nomsiz hissiyotlar go‘zal. Ular qalbda uzoq qalqib turadi. Hozir bolaligimizning go‘zal xotiralarini ko‘rsatadigan, qalbimizda muqim joy egallagan filmning davomini ko‘rib chiqdik. Ha, hamma narsa o‘zgarganini tan olmay ketib boryapmiz. Biz ham bola edik bir zamonlar, bizning ham osmonimiz bor edi...

 

Yoqimli bir kayfiyatni bergani, savollar uyg‘ota olgani, ikki soatga dunyoni unutib, bolaligimizning yorqin damlariga qaytargani uchun rejissyor Zulfiqor Musoqovga tashakkur.

 

Bahodir Ahmedov, huquqshunos, bloger:

 

– Zulfiqor Musoqovning filmlarini ko‘rib ulg‘ayganmiz. Uning kultiga mahliyo bo‘lib qolganmiz yoki kamchiliklarini bola ko‘zimiz bilan ko‘rmaganmiz. Aslida siz Lars fon Triyer, Xichkok, Moxzen Maxmalbaf va bir qator Oskar darajasidagi rejissyorlarning nodir filmlarini ko‘rgandan so‘ng, bu filmlariga boshqa rakursdan qaray boshlaysiz.

 

Bir vaqtlar bir taqrizchi aytgan edi. Musoqov filmlarida bitta tentak albatta bo‘larkan. Bunday odamlar qiyofasida xuddiki o‘zbekni tasvirlagan deb taxmin qilishadi. Aslida o‘zbek xalqi uddaburon. Sizning ichingizda bunday obrazlarga isyon bo‘lishi lozim. Filmlar reallikka asoslanishi kerak. Mayli kamchiliklarimiz, yoqimsiz ayrim hayotiy xarakterlar ko‘rsatilaversin. Ijod erkinligi. Lekin biz go‘l va ahmoq emasmiz. Biz hamma narsani ko‘rib bilib turamiz, – deydi o‘z telegram sahifasida Samandar Egamberdiyevga javoban.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Bu safar biror qahramonda o‘ziga xoslikni ko‘rmadim” | Zamon.uz