O'zbekiston

Rossiya universitetining Olmaliqdagi filialida yosh olimlar anjumani bo‘lib o‘tdi

Eng qiziqarli maʼruzalar muallifi bo‘lgan 27 nafar talaba 1, 2, 3 darajali diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Rossiya universitetining Olmaliqdagi filialida yosh olimlar anjumani bo‘lib o‘tdi

 

Rossiya Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISIS”ning Olmaliq shahridagi filialida III Yoshlar ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

 

Konferensiya ikki bosqichda o‘tkazildi, birinchi bosqichda talabalar turli yo‘nalishlar bo‘yicha seksiyalar sessiyalarida taqdimotlar qildi, universitet mutaxassislari bo‘lajak olimlarning ishlarini baholadi.

 

Ikkinchi bosqichda talabalar interfaol texnologiyalardan foydalangan holda o‘zlarining ilmiy maʼruzalarini taqdim etdi.

 

Seksiya majlislari quyidagi to‘rtta yo‘nalishda bo‘lib o‘tdi:

 

— tog‘-kon sanoatida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tog‘-kon uskunalarini rivojlantirish istiqbollari;

— zamonaviy metallurgiyaning rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari. Kelajak materiallarini olish texnologiyasi;

— barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun axborot texnologiyalari;

— matematik modellashtirish va tabiiy fanlar. Muhandislik mutaxassisliklari talabalari uchun zamonaviy taʼlim va ingliz tilini o‘qitish.

 

Seksiya majlislarida 85 ta maʼruza tinglandi va muhokama qilindi.

 

Yalpi va seksiya majlislaridagi taqdimotlar natijalariga ko‘ra, eng qiziqarli maʼruzalar muallifi bo‘lgan 27 nafar talaba 1, 2, 3 darajali diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Rossiya universitetining Olmaliqdagi filialida yosh olimlar anjumani bo‘lib o‘tdi | Zamon.uz