Uch xotiniga aliment to‘lamagan erkak qamoqqa olindi
Hozirda u 4-marotaba uylangan.

G.B. yakkabog‘lik Y.M.ga turmushga chiqqandi. Turmush o‘rtog‘i o‘zi xohlaganidek bo‘lib chiqmagan ayol unga nisbatan ko‘p ruhiy va jismoniy tazyiqlardan so‘ng uydan haydaldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Y.M.ga G.B. keyin turmushga chiqqan yana 2 nafar qizning ham taqdiri xuddi shunday bo‘ldi. Hozirda u 4-marotaba uylangan. Erkak 3 nafar sobiq xotiniga aliment to‘lamagan.
Yakkabog‘ tumanida bo‘lib o‘tgan navbatdagi sud majlisida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-4-moddasiga asosan aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan Y.M. va u kabi yana 15 nafar qarzdor otalarning ma’muriy javobgarlik ishlari ko‘rib chiqildi. Ularning 14 nafari, shu jumladan, Y.M. ga ham ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan bo‘lsa, 2 nafar qarzdor o‘z oilasi bilan yarashganligi tufayli ma’muriy ish yurituvi tugatildi.







