O'zbekiston

Prezident muftiy Nuriddin Xoliqnazarov bilan uchrashdi

Muloqotda diniy-maʼrifiy yo‘nalishdagi ishlar sarhisob qilingan.

Prezident muftiy Nuriddin Xoliqnazarov bilan uchrashdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarovni qabul qildi.

 

Muloqotda diniy-maʼrifiy yo‘nalishlarda, buyuk ajdodlar ilmiy merosini o‘rganish va xalqqa yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilindi.

 

Bugungi tahlikali dunyoda xalqqa, ayniqsa, yoshlarga islom mohiyatini to‘g‘ri tushuntirib berish, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish har qachongidan dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois mamlakatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, diniy taʼlim sifatini yana-da oshirish, ushbu yo‘nalishdagi ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganib, O‘zbekistondagi diniy taʼlim muassasalari faoliyatiga tatbiq etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

 

Prezidentning 21 martdagi qaroriga muvofiq, mamlakatda muborak Ramazon oyi fayzli va shukuhli o‘tdi. Insonlarni yaxshilik va mehru saxovatga, bugungi tinch va osoyishta hayotni qadrlashga undaydigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazildi.

 

Davlat rahbarining tashabbusi bilan barcha imom-xatiblar ishtirokida mahallalardagi 1 milliondan ziyod kam taʼminlangan aholining uyida iftorliklar uyushtirildi. “Vaqf” xayriya jamoat fondi hisobidan yordamga muhtoj fuqarolarga 2 milliard 446 million so‘mlik xayru ehsonlar qilindi.

 

Bu yilgi Ramazon oyidagi yana bir muhim yangilik 1 ming 400 nafar kam taʼminlangan fuqarolarning davlat tomonidan umra ziyoratiga yuborilishi bo‘ldi. Ular muqaddas manzillarda turib, xalqqa tinchlik, fayzu baraka tilab xayrli duolar qildilar.

 

Prezident jamiyatda diniy bag‘rikenglikni yana-da mustahkamlash, fuqarolarning vijdon erkinligini kafolatlash bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Prezident muftiy Nuriddin Xoliqnazarov bilan uchrashdi | Zamon.uz