Toshkentda 12 ta avtomobil to‘qnashib ketdi — video
Ularning 4 tasi yuk mashinasi bo‘lgan.

27 aprel kuni soat 13:40da Yunusobod tumani KHAY — Sharof Rashidov ko‘chalari kesishgan chorrahasida YTH sodir bo‘lgan. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB Axborot xizmati rasmiy maʼlumot berdi.
Maʼlum bo‘lishicha, YTH “Kamaz”, “Isuzu”, “Howo”, “Zil” rusumli yuk avtomashinalari hamda “Lacetti”, “Tracker-2”, “Nexia-3”, “Epica”, 2 ta “Cobalt” va 2 ta “Spark” avtomashinalari ishtirokida yuz bergan.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, “Kamaz” haydovchisi chorrahaga yaqinlashayotganda, tormoz tizimida nosozlik yuzaga kelgan. Ushbu harakat YTHga sabab bo‘lgan.
Oqibatda, “Cobalt”dagi yo‘lovchisi tan jarohati olib shifoxonaga olib borilgan.
Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.








