Toshkentda bir fuqaro 16 ta kishi nomidan ovoz berdi
Holat bo‘yicha MSK munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda 14-Toshkent shahar referendum okrugi 772-uchastkasida ayol kishi bir nechta byulletenlarni ketma-ket belgilab turgan holatdagi videosi tarqaldi. Holat yuzasidan Markaziy saylov komissiyasi rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum bo‘lishicha, mahalla faoli va referendum uchastka komissiyasi aʼzosi fuqaro T.N. o‘zboshimchalik bilan byulletenlardan 16 donasini olib, oila aʼzolari nomidan referendum qonunchiligini buzgan holda ularga belgilar qo‘ygan. Ushbu holat joyida Komissiya raisi tomonidan aniqlanib, mazkur byulletenlar bekor qilinishi taʼminlangan va umumiy hisobdan chiqarilib, buzib qo‘yilgan byulletenlarga qo‘shilgan. Holat yuzasidan Markaziy saylov komissiyasi nazoratida 14-Toshkent shahar referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasi tomonidan prokuratura organlari bilan hamkorlikda atroflicha o‘rganilmoqda.
“Markaziy saylov komissiyasi referendum jarayonlarini qonuniylik prinsiplari asosida o‘tkazilishiga befarq bo‘lmaganliklari uchun jamoatchilik vakillariga o‘z minnatdorchiligini bildiradi”, — deyiladi xabarda.








