BMT Xavfsizlik kengashiga raislik Rossiyadan Shveysariyaga o‘tdi
Raislik davrida mamlakat barqaror tinchlik masalasiga eʼtibor qaratadi.

May oyida BMT Xavfsizlik kengashiga raislik Rossiyadan Shveysariyaga o‘tdi.
“Bugundan boshlab Shveysariya BMT Xavfsizlik Kengashiga raislikni o‘z zimmasiga oladi. Kengash ishini zudlik bilan boshlaydi”, — deyiladi mamlakat TIV xabarida.
Shveysariya Xavfsizlik Kengashiga bir oylik raislik “barqaror tinchlikni rivojlantirish va tinch aholini himoya qilish bilan bog‘liq tematik ustuvorliklarni ajratib ko‘rsatish” imkonini taʼkidlagan.
Ish dasturining asosi ko‘p jihatdan BMT tinchlikparvar missiyalari yoki sanksiyalar rejimlarining vakolatlarini kengaytirish zarurati bilan bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, BMT Xavfsizlik Kengashi raisligi uning aʼzolari o‘rtasida har oyda navbatma-navbat o‘zgarib turadi. Yanvarda Yaponiya, fevralda Malta, martda Mozambik, aprelda Rossiya raislik qildi. May oyida Shveysariya, iyunda esa BAA Kengashga raislik qiladi.








