Bugundan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi oshiriladi
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmonida belgilab qo‘yilgan.

Bugundan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmonida belgilab qo‘yilgan. Hujjatga ko‘ra, budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 7 foizga oshirildi.
Bundan tashqari O‘zbekiston hududida:
– mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 980 000 so‘m;
– bazaviy hisoblash miqdori – oyiga 330 000 so‘m etib belgilanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risidagi farmon”ni imzolagandi edi.







