O'zbekiston

Jamoat transportidagi kamchiliklar sabab ayrim masʼullar ishdan ketdi

Shuningdek, 10 nafar xodim hayfsan olgan.

Jamoat transportidagi kamchiliklar sabab ayrim masʼullar ishdan ketdi

 

1-may kuni «Toshshshahartransxizmat» AJ boshqaruv raisi, uning o‘rinbosarlari va avtobus saroyi rahbarlari ishtirokida so‘nggi kunlarda jamoat transporti tizimida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan  tanqidiy muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

 

Yig‘ilishda o‘z xizmat vazifasiga masʼuliyatsizlik bilan yondashgani, avtobuslar harakatini xavfsiz tashkil etish choralarini ko‘rish bo‘yicha haydovchilar o‘rtasida yetarli darajada yo‘riqnoma o‘tkazib tushuntirish ishlarini olib bormagani, avtobuslarda reklama bannerlarini joylashtirilishi va bartaraf etilishiga sovuqqonlik bilan yondashgani hamda yo‘nalishlarga chiqariladigan avtobus va elektrobuslarning ish tartibini to‘g‘ri tashkil etmaganligi sababli Avtobus saroyi masʼul xodimlariga qatʼiy chora ko‘rilib, xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan, ayrimlariga hayfsan intizomiy chorasi ko‘rilgan.

 

Jumladan, 2-Avtobus saroyi filiali direktori o‘rinbosari va harakat xavfsizligini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan, filial direktoriga hayfsan intizomiy chorasi ko‘rilgan.

 

1-Avtobus saroyi filiali direktori o‘rinbosari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, filial direktoriga hayfsan intizomiy chorasi ko‘rilgan.

 

7-Avtobus saroyi filiali direktori o‘rinbosariga hayfsan intizomiy chorasi ko‘rilgan. Reklama joylashtirish bo‘yicha masʼul xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

 

1-, 2-, 5-, 7-, 8-, 12-, va 18-Avtobus saroyi filiallari bosh muhandislariga hayfsan intizomiy chorasi ko‘rilgan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Jamoat transportidagi kamchiliklar sabab ayrim masʼullar ishdan ketdi | Zamon.uz