O'zbekiston

Prezident MDH bosh kotibi bilan uchrashdi

Tashkilot rahbari O‘zbekiston xalqini referendum muvaffaqiyatli o‘tgani bilan qutladi.

Prezident MDH bosh kotibi bilan uchrashdi

 

Bugun, 1 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya bo‘yicha referendumni kuzatuvchilar missiyasi boshchiligida O‘zbekistonda bo‘lib turgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bosh kotibi Sergey Lebedevni qabul qildi.

 

Davlat rahbari Hamdo‘stlik bosh kotibi va missiya aʼzolariga mamlakatning barcha hududlarida faol ishlagani hamda referendumning borishi va natijalariga yuksak baho bergani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

 

Nufuzli mintaqaviy tashkilot rahbari, o‘z navbatida, O‘zbekiston yetakchisi va ko‘p millatli xalqini referendum jarayonlari yuksak xalqaro talablari va standartlariga muvofiq muvaffaqiyatli tashkil etilgani bilan dildan qutladi.

 

Referendum yakunlari Yangi O‘zbekistonni barpo etish va mamlakatda demokratik yangilanishlarni davom ettirishda muhim bosqich bo‘lishiga ishonch bildirildi.

 

Uchrashuvda o‘zaro manfaatli, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, sanoat va transport sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlashda MDHning muhim o‘rni qayd etildi. Hamdo‘stlik makonida investitsiyalar jadal surʼat bilan o‘sayotgani taʼkidlandi, joriy yilning mart oyida Samarqand shahrida o‘tgan Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisining samarali natijalari yuqori baholandi.

 

Faol gumanitar almashinuvlarni bundan buyon ham davom ettirishga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Prezident MDH bosh kotibi bilan uchrashdi | Zamon.uz