AQSH osmonida yana bir nomaʼlum havo shari
Hozircha uning harakatlari kuzatilmoqda va urib tushirilishi mumkin.

AQSH harbiylari yana bir havo sharini kuzatmoqda, uning kelib chiqishi nomaʼlum va hozircha u yaqqol xavf tug‘dirmaydi. Maʼlumotlarga ko‘ra, obyekt Gavayi orollari orqali uchib o‘tgan, biroq hozircha hech qanday taqiqlangan hududlar ustidan uchmagan va hozirda havo qatnovi yoki milliy xavfsizlikka tahdid solmayapti. U asta-sekin Meksika tomon harakatlanib bormoqda.
Bu meteorologik sharmi yoki boshqa narsami, aniq emas, ammo Qo‘shma Shtatlar bu obyektni urib tushiradi,
Shuningdek, AQSH rasmiylari ushbu havo shari Xitoyga tegishli emas, deb hisoblayotgani, ammo hozirgacha uning kelib chiqishini aniqlashga urinayotgani xabar qilingan.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyi boshida AQSH harbiylari josuslik deb hisoblagan Xitoy sharini urib tushirgan edi.







