AQSHning Ukrainaga 300 million dollarlik harbiy yordami
AQSH ilk bor Ukrainaga "Hydra 70" qisqa masofali raketalarini topshiradi.

Oq uy Ukrainaga yangi 300 million dollarlik harbiy yordam paketini eʼlon qiladi.
Yangi yordam paketiga 155 millimetrli gaubitsa to‘plari, HIMARS va gaubitsa o‘q-dorilari, tankka qarshi raketa va minomyotlar kiradi. AQSH birinchi marta Ukrainaga "Hydra 70" qisqa masofali raketalarini topshiradi.
Qayd etilishicha, ushbu raketalar Ukrainaga Rossiyaning quruqlikdagi qo‘shinlarini zaiflashtirishga yordam beradi. Va Ukrainaning quruqlikdagi qo‘shinlariga ham qarshi hujum vaqtida havodan yordam ko‘rsatishi mumkin.
"Hydra 70" — "General Dynamiss" tomonidan ishlab chiqarilgan boshqarilmaydigan raketa. U dushmanning texnikasi va ishchi kuchini yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan.







